10-aprel, Ramazon hayiti kuni Toshkent metropoliteni bir soat oldin – soat 4:00 dan ishlay boshlaydi, deb xabar berdi «Toshkent metropoliteni» DUK matbuot xizmati.
11, 12 va 14 aprel kunlari qoʻshimcha dam olish kunlarida poytaxt metrosi yakshanba kungi jadval bo‘yicha ishlaydi.
13-aprel, shanba kuni esa poyezdlar ish kunlarida belgilangan jadval bo‘yicha harakatlanadi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkent metrosida ikkita yangi poyezd ishga tushirilgani haqida yozgan edi.