Qoidalar, hisob-kitoblar va astronomik kuzatishlarga tayangan holda joriy yilda respublikada Ramazon hayiti 2024-yil 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini maʼlum qildi O‘zbekiston musulmonlari idorasi.
Prezident farmoniga ko‘ra, 10-12 aprel dam olish kunlari deb e’lon qilindi. 13-aprel ish kuni, 14-aprel yakshanba ham dam olish kuni bo’ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramazon hayitida hordiq chiqarish uchun qayerga borish mumkinligi haqida maqola e’lon qilingan edi. «Kursiv» to‘rt kishilik oila – ikkita kattalar va 15 yoshgacha bo‘lgan ikkita bola uchun qiziqarli sayohat yo’nalishlarini to‘pladi.