Rossiyada Oʻzbekiston fuqarolarini olib ketayotgan avtobus YTHga uchradi
Rossiyaning Samara viloyatida Oʻzbekiston fuqarolarini olib ketayotgan Scania avtobusi yoʻl-transport hodisasiga uchrashi oqibatida ikki kishi halok boʻldi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
«Scania rusumli avtobus boshqaruvidagi shaxs “Ural-Muxanovo» avtoyoʻlining 26-kilometrida harakatlanib ketayotib, yoʻl harakatida belgilangan tezlikdan oshirishi natijada transport vositasi agʻdarilib ketgan”, — deyiladi xabarda.
Baxtsiz hodisa 7-aprel, dushanbaga oʻtar kechasi sodir boʻlgan. Avtobus Qozogʻistonda roʻyxatga olingan boʻlib, Oʻzbekiston fuqarolarini Nijniy Novgorodga olib ketayotgan boʻlgan.
Ikki kishining oʻlimidan tashqari, oʻn nafar yoʻlovchining jarohatlangani ham xabar qilingan.
Avvalroq «Kursiv» Qozogʻistondagi dahshatli Avtohalokatda sakkiz nafar Oʻzbekiston fuqarosi vafot etgani haqida xabar bergan edi.