Toshkentga yangi zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi
eʼlon qilindi
May oyida ham navbatdagi poyezdlar olib kelinadi
Bugun, 8-aprel kuni Toshkent shahriga navbatdagi yangi toʻrt vagonli ikkita zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» axborot xizmati xabar bermoqda.
Bu yoʻnalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Poyezdlar 8–10 kun davomida texnik sinovdan oʻtkazilib, soʻngra yoʻnalishlarga qoʻyiladi.
Shuningdek, joriy yilning may oyida yana uchta metro poyezdi olib kelinishi rejalashtirilgan.
Avvalroq «Kursiv» Poytaxtda «Turon» va «Qipchoq» metro bekatlari ishga tushgani haqida xabar bergan edi.