UzAuto Motors: toʻlovi oʻz vaqtida amalga oshirilmagan avtomobil shartnomalari bekor qilinadi
Toʻlovi oʻz vaqtida amalga oshirilmagan avtomobil shartnomalari bekor qilinadi, deya xabar bermoqda UzAuto Motors kompaniyasi matbuot xizmati.
Shu tariqa bekor qilingan avtomobil shartnomalari yana qayta shartnomalar tuzish uchun yuboriladi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 29-mart kuni UzAuto Motors 18 mingta Labo avtomobili uchun onlayn-shartnomalar yakunlangani haqida xabar bergan edi. Jarayon 55 daqiqa davom etib, avtomobillarning asosiy qismi (99 foizi) fuqaralar tomonidan, 1 foizi esa yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan.
Shu oʻrinda 2023-yilning dekabr oyi oxirida UzAuto Motors sayti avtomobillar uchun onlayn shartnomalarni qabul qilish jarayonida ishdan chiqqanini eslatib oʻtish joiz.
Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston xorijdan 17,5 mingdan ortiq avtomobil import qilgani haqida xabar bergan edi.