10-aprel kuni ertalab Toshkentda avtobus va metro bepul bo‘ladi

eʼlon qilindi
Bu haqda O‘zR Transport vazirligi xabar berdi
Foto: «Yangi O’zbekiston»

10-aprel, Ramazon hayiti kuni ertalab Toshkent shahridagi avtobus va metropolitenda fuqarolarga bepul transport xizmati ko‘rsatiladi, deb xabar berdi O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati.

Bepul transport 04:00 dan 10:00 gacha ishlaydi. Bu bayram kuni ertalab tirbandliklarni oldini olish uchun amalga oshiriladi.

Avvalroq «Kursiv» Ramazon hayitida jamoat transportlarining ishlash jadvali haqida yozgan edi.

Shuningdek