Accor kompaniyasi Toshkent aeroporti yaqinida mehmonxona ochadi
Accor mehmonxona operatori poytaxt aeroporti yaqinida ilk bor ibis Styles brendi ostida mehmonxona ochadi. Bu haqda «Kursiv»ga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Shartnoma Accor va Tourism Developer MChJ o‘rtasida imzolandi.
Mehmonxona Abdulla Qahhor ko‘chasidagi yangi binoda ochiladi. Mehmonxonada 100 ta xona, jumladan, to‘rtta lyuks xona bo‘ladi. Accor mehmonxonani joriy yil oxirigacha ochish rejalashtirilganini ta’kidladi.
Accor’ning tarixi 1967-yilga borib taqaladi. Kompaniyaga Pol Debrule va Jerar Peliss asos solishgan. Bugungi kunda operator 110 mamlakatda 5 mingdan ortiq mehmonxona, kafe va barlarni birlashtiradi.
2023-yil oxirida operatorning sof foydasi 663 mln yevroni, umumiy aktivlari esa 11,7 mlrd yevroni tashkil qildi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda Accor brendi ostidagi beshta mehmonxona ochilishi haqida e’lon qilgan edi.