Ertaga poytaxtdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

eʼlon qilindi
Bu haqda Toshkent IIBB axborot xizmati ma'lum qildi
Foto: IIBB

Toshkentda Ramazon hayiti o‘qilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati 10-aprel soat 00:00 dan 7.30 gacha cheklanadi. Bu haqda Toshkent IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Mirzo Ulug‘bek tumani:

  • «To‘ra buva» masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi – Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li – Sultoniya ko‘chasigacha.

Bektemir tumani:

  • «Xo‘ton»» masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi – Xusayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.

Olmazor tumani:

  • «Islomobod» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY– Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha;
  • «Hazrati imom» masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.

Shayxontohur tumani:

  • «Shayx Zayniddin» masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
  • «Xo‘ja Alambardor» masjidi oldidagi Bunyodkor – Kamolon ko‘chalari chorrahasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha;
  • «Kox ota» masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi – Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani:

  • «Ubay ibn Kaʼb» masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha;
  • «Katta Qozirobod» masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi – Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon ko‘chalari chorrahasigacha;
  • «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha;
  • «Novza» masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha bo‘lgan yo‘lda harakat cheklanadi.

Uchtepa tumani:

  • «Abdulloh ibn Maʼsud» masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qaʼni ko‘chalari chorrahasigacha;
  • «Hazrati Ali” masjidi Nazarbek-Mahorat ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.

Yunusobod tumani:

  • «Minor» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY –Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha;
  • «Mirzo Yusuf» masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha.

Yakkasaroy tumani:

  • «Usmon bin Maʼzun» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.

Yashnobod tumani:

  • «Islom ota» masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha;
  • «Ali ibn Abu Tolib» masjidi oldidagi Cho‘lpon ko‘chasi – Imom Buxoriy – Cho‘lpon ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘lpon – Salohiyat ko‘chalari chorrahasigacha.

Mirobod tumani:

  • «Qo‘yliq ota» masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY va Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi;
  • Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentda Ramazon hayiti munosabati bilan yuk mashinalari harakatiga bir sutkaga cheklov qoʻyilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek