Hududlarda agrologistika markazlari tashkil qilinadi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «BMB Holding» kompaniyasining Jizzax viloyatidagi agrologistika majmuasini koʻzdan kechirdi. Tashrif yakunida davlatimiz rahbari boshqa hududlarda ham shunday qulayliklarga majmualarni yaratish boʻyicha topshiriqlar berdi.
Mirziyoyev bunday majmualarni yaratishda ularga maʼlum qishloq xoʻjaligi dalalari va mahallalarni ajratib berish boʻyicha koʻrsatma berdi. Bu tadbirkorlar uchun zarur boʻlgan xomashyo va aholi uchun mahsulot hajmini taʼminlashga xizmat qilishi kerak.
«BMB Holding» agrologistika loyihasining qiymati $57 milliondan ortiq boʻlib, majmua 10 ming tonna mahsulotni saqlash, 8 ming tonna mahsulotni qayta ishlash imkoniyatiga ega.
Avvalroq «Kursiv» BMB Opera Zafferano korxonasi 2027-yilgacha zaʼfaron ishlab chiqarishni taxminan 11 baravarga oshirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.