IT-Park rezidentlari soni 1,9 mingtaga etdi
Joriy yilning mart oyida 130 ta kompaniya IT Park rezidenti maqomini oldi, deb xabar bermoqda texnoklaster matbuot xizmati. Aprel oyining boshida ularning umumiy soni 1954 taga yetdi.
Mart oyida ushbu maqomga ega boʻlgan kompaniyalarning asosiy qismini taʼlim muassasalari tashkil etadi – 57 ta, 20 tasi biznes jarayonlari autsorsingi (BPO) bilan, 16 tasi esa dasturiy taʼminotni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.
Yangi rezidentlarning taxminan 15 foizi (19 ta kompaniya) xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan. Xususan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Estoniya, Litva va MDH davlatlaridan.
Shunday qilib, ikkita yapon kompaniyasi rezident maqomini olishdi: kompyuter o’yinlari ishlab chiqaruvchisi Toybeez va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi H&K Group.
Avvalroq «Kursiv» fevral oyida 134 kompaniya IT Park rezidentiga aylanganini yozgan edi.