Jizzax viloyatiga tumanlar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun 130 mlrd ajratiladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Davlatimiz rahbari viloyatning Zarbdor tumani misolida tumanlar salohiyatini rivojlantirish zarurligini ta'kidladi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida tumanlar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun 130 milliard soʻm ajratish boʻyicha topshiriq berdi.

Davlatimiz rahbari viloyatning Zarbdor tumani misolida tumanlar salohiyatini rivojlantirish zarurligini tushuntirib, tadbirkorlar koʻtargan muammolarni hal qilish orqali 5 mingta ish oʻrni yaratish mumkinligini taʼkidladi.

Bundan tashqari, tumanidagi Nurafshon, Istiqbol, Namuna, Gʻalaba mahallalarida suv tejaydigan texnologiyalari joriy qilinsa, dehqonlarning 1 ming gektar yerida, shuningdek, tuman yoshlariga boʻlib berilgan 3 ming gektarda qovun yetishtirish va uni qayta ishlash orqali $28 million eksport qilish mumkinligi aytildi.

Davlatimiz rahbari shunday sugʻorish tarmogʻini Zomin tumaniga ham tortib borish muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, Zarbdordagi «Zarbdor tekstil» korxonasida 800 kishi ishlaydi. Turkiyalik investor bu yerda yana ming oʻrinli quvvatlarni ishga tushirish va eksportni 50 million dollardan oshirishni moʻljallagan.

Mirziyoyev bunday istiqbolli korxonalarni qoʻllab-quvvatlash zarurligini taʼkidlab, eksport hajmi $50 milliondan oshgan korxonalarga aylanma uchun $10 milliongacha resurs ajratishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrsatma berildi.

Sotilmay qolayotgan oʻnta va xususiylashtirish dasturiga kiritilgan oltita obyektning boshlangʻich bahosini 10 foizgacha pasaytirib, 5-yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilsa, tadbirkorlar loyiha qilishi va 200 ta ish oʻrni yaratilishi mumkin.

«Mana, birgina tumanni oʻzida qancha imkoniyat! Qoʻshimcha 5 mingta ish oʻrni, kamida $50 million eksport, tuman byudjetiga qoʻshimcha 80 milliard soʻm tushum», — dedi davlatimiz rahbari.

Avvalroq «Kursiv» soʻnggi yetti yil ichida Jizzax viloyatiga $5 mlrd investitsiya jalb etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek