Yangiliklar

Korporativ ma’lumotlarning yagona portalidagi hisobotlar blokcheyn yordamida saqlanadi

Tizim Uzinfocom tomonidan ishlab chiqilgan
Rasm: Unsplash

Oʻzbekiston korporativ ma’lumotlarning yagona portali moliyaviy hisobotlarni saqlash uchun Token.uz blokcheyn platformasidan foydalanadi, deb xabar berdi Uzinfocom matbuot xizmati.

Gap yillik va choraklik hisobotlar haqida bormoqda. Ularni blokcheyn platformasida ruxsat etilmagan buzib kirishlardan, o’zgartirishlardan himoya qiladi.

Ushbu texnologiyaning joriy etilishi investorlar ishonchini oshirish va mamlakat fond bozori infratuzilmasini rivojlantirishga yordam beradi, deb hisoblaydi Uzinfocom.

Loyiha veb-saytida aytilishicha, platformadan ta’lim, sog‘liqni saqlash, buxgalteriya va boshqa sohalarda foydalanish mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Tether O‘zbekistonda kriptoaktivlar va raqamli valyutani rivojlantirishga yordam berishini yozgan edi.