Oltin biroz pasaydi

eʼlon qilindi
Markaziy Bank ma’lumotlariga ko‘ra
Rasm: depositphotos.com

Oltin tez sur’atlarda o‘sishiga qaramay, bugun biroz pasaydi. Respublika Markaziy Banki ma’lumotlariga ko‘ra, 9-aprel kuni besh grammlik oltin quymasining narxi 4,9 mln so‘m etib belgilandi. Kecha xuddi shu oltin quyma bugungi narxdan 12 mingga qimmat edi.

10 grammlik qimmatbaho metallning quymasi qiymati ham biroz tushdi, endi uning narxi 9,81 mln. 20 grammlik oltinning narxi 19,63 mln. 50 grammlik oltin quymaning narxi 49 mln deb belgilandi.

LBMA grafigiga ko’ra, 8-aprel kuni bir troy untsiyasi narxi $2,32 minggacha ko‘tarildi (kechki fiksing).

Eslatib o‘tamiz, oltin quymalarni sotib olish uchun Markaziy bank Telegram botidan foydalangan holda, o‘zi uchun yaqin bo‘lgan ro‘yxatdagi banklardan sotib olish mumkin bo‘ladi. 

Shuningdek