Rossiyada yuz bergan YTHda jabrlangan oʻzbekistonliklar soni ikki baravarga oshdi
eʼlon qilindi
Bu haqda O‘zbekiston elchixonasi xabar berdi
Rossiyaning Samara viloyatida yuz bergan YTH natijasida yigirmaga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi jabrlangani maʼlum boʻldi. Bu haqda Oʻzbekistonning Rossiya federatsiyasidagi elchixonasi xabar bermoqda.
Elchixona maʼlumotlariga koʻra, halokatga uchragan avtobusda 66 nafar yoʻlovchi boʻlgan. Hodisa oqibatida 20 kishi tan jarohati oldi, ulardan ikki nafari halok boʻldi.
Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi va mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulligi xodimlari jabrlanganlarga yordam berish uchun voqea joyiga yetib kelgan.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston fuqarolarini olib ketayotgan Scania avtobusi yoʻldan chiqib ketishi natijasida agʻdarilib ketgani haqida xabar bergan edi.