Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahrida barpo etilgan Kibersport arenasida yoshlar bilan uchrashdi

eʼlon qilindi
Davlatimiz rahbari kibersport, shaxmat, “Zakovat” musobaqalarini kuzatdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahridagi kibersport arenasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi.

«Bugun Jizzaxning koʻp joylarida boʻldik, yangi loyihalarni boshladik. Albatta, viloyatning iqtisodiyoti, bunyodkorlik koʻlami avvalgidan ancha yuqori. Lekin eng muhim yutuq — yoshlarimizning harakati, niyati, oʻziga ishonchi. Biz belgilab olgan Strategiyani, katta marralarni shunday yoshlar bilan amalga oshiramiz», — dedi prezident.

Jizzax shahrida tennis kort o‘rnida sport arenasi barpo etildi. Uning sig‘imi 1,2 ming tomoshabinga moʻljallangan boʻlib, oʻndan ortiq oʻquv va mashgʻulot xonalaridan iborat.

Arena kibersport musobaqalari bilan bir qatorda boks, kurash, stol tennisi, basketbol, ​​shaxmat va shashka boʻyicha ham musobaqalarni oʻtkazilishga moʻljallangan.

Avvalroq «Kursiv» Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi chogʻida «BMB Holding» agrologistika markaziga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek