Yangiliklar

Soʻnggi yetti yil ichida Jizzax viloyatiga $5 mlrd investitsiya jalb etilgan

Undan $3 milliardi xorijiy investitsiyalar
Foto: Prezident matbuot xizmati

Soʻnggi yetti yilda Jizzax viloyatiga $5 milliard sarmoya jalb qilingan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi chogʻida maʼlum qildi.

Ulardan $3 milliardi toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investorlar tomonidan jalb qilingan. Bu orqali 2,5 mingda korxona ishga tushirilib, 45 mingta yangi doimiy ish oʻrinlari yaratildi. Tadbirkorlar soni ham 10,5 mingdan 20 minggacha koʻpaydi. Bu respublika koʻrsatkichidan 50 foiz koʻp.

Soʻnggi uch yilda Jizzaxda yillik aylanmasi 1, 10 va 100 milliard soʻmdan yuqori korxonalar koʻpaydi, lekin oʻrta korxonalar sonining oʻsish surʼati kutilganidek boʻlmayapti.

Hudud sanoatining 80 foizi 3 ta tarmoq – avtomobilsozlik, toʻqimachilik va qurilish materiallari hissasiga toʻgʻri keladi. Farmatsevtika, charm-sanoat, metallurgiya, mebelchilik, elektrotexnika kabi tarmoqlarning ulushi juda kam.

Avvalroq «Kursiv» Jizzax viloyatida $6,1 milliard loyihalar ishga tushirilishi haqida xabar bergan edi.