O‘zbekistonga 2024-yilda Rossiyadan 1 millionga yaqin sayyoh kelishini kutmoqda, deb xabar berdi Respublika Turizm qo‘mitasi marketing bo‘limi boshlig‘i Aziz Mirjalilov «RIA Novosti»ga.
«Rossiya turizm bozori O‘zbekiston uchun strategik bozor hisoblanadi. Bizning oldimizda ulkan vazifa turibdi – bu yil Rossiyadan bir millionga yaqin sayyohni jalb qilish», — dedi Mirjalilov.
Mirjalilovning qoʻshimcha qilishicha, joriy yilda Rossiyaning yirik shaharlarida «Oʻzbekistonga sayohat» shousini oʻtkazish rejalashtirilgan. Unda O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari ishtirok etadi.
2023-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga 714,2 ming kishi tashrif buyurdi, bu 2022-yilga nisbatan 25,8 foizga ko‘pdir.
2024-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga turizm maqsadida kelgan Rossiya fuqarolari soni 77,9 ming kishini tashkil qildi.
Avvalroq «Kursiv» Rossiyada O‘zbekistonga bahorgi turlarga talab ortgani haqida yozgan edi.