Astraxan O‘zbekiston savdo uyini ochishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Bu Rossiya hududini savdo markaziga aylantirish imkonini beradi
Foto: shanek-08/Depositphotos

Astraxan viloyati hukumati Xorazm viloyati vakillarini Astraxanda O‘zbekiston savdo uyini ochishga taklif qildi, deb xabar berdi «TASS».

Bu Rossiya hududiga Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo tranzit markaziga aylanish imkonini berishi kutilmoqda.

– «Mintaqamiz «Shimol-Janub» xalqaro transport yo‘lagining asosiy logistika markazi bo‘lib, ikki davlat o‘rtasida tovar ayirboshlashning muhim tranzit markaziga aylanishi mumkin, – dedi Astraxan viloyati tashqi aloqalar vaziri Vladimir Golovkov.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Rossiya hududi Oʻzbekistonga qishloq xoʻjaligi va sanoat mahsulotlarini yetkazib beradi. O‘z navbatida, Astraxan viloyati O‘zbekistondan to‘qimachilik va meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qiladi.

Ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilgan. Astraxanda 300 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari, jumladan, Xorazm viloyatidan ham tahsil olmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Tulada O‘zbekiston savdo uyi paydo bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek