Moliya tashkilotining moliyaviy hisobotidan maʼlum boʻlishicha, 2024-yilning birinchi choragida «Kapitalbank»ning sof foydasi 378,1 milliard soʻmni tashkil etdi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 5,6 foizga koʻpdir.
Shu vaqt ichida bankning umumiy daromadi 46,6 foizga oshib, 3,6 trln. so’mni tashkil etdi.
Aprel oyi boshida «Kapitalbank» filiallari soni 16 tani, moliya tashkilotining mijozlar bazasi 2,5 millionni tashkil etdi, ulardan 2,4 millioni jismoniy shaxslar, 38,2 mingtasi yuridik shaxslar va 30,3 mingtasi yakka tartibdagi tadbirkorlardir.
O‘zbekiston banklarining joriy yilning birinchi choragidagi faoliyati reytingida «Kapitalbank» yetakchi o‘rinni egallashda davom etmoqda.
Avvalroq «Kursiv» «Kapitalbank» va UzNEX kriptobirjasi O‘zbekistonda birinchi kriptovalyuta kartasini ishga tushirgani haqida yozgan edi.