Surxondaryoda 10 million yevroga kanat yo‘li quriladi

eʼlon qilindi
U joriy yilda foydalanishga topshiriladi
Foto: ksena23/Depositphotos

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida havodan o‘tuvchi kanat yo‘li quriladi, deb xabar berdi O‘zA.

Bu haqdagi kelishuv Vengriyaning «Doppelmayr» va O‘zbekistonning «Denov Oltin Don» kompaniyalari tomonidan imzolandi. Loyiha qiymati 10 million yevro bo‘lib, joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Sariosiyo tumanidagi tog‘li hududlarda joylashgan Sangardak qishlog‘ida qurilish ishlari olib boriladi. 2023-yilda ushbu hududda sanatoriy barpo etildi.

Kelajakdagi kanat yoʻli sayyohlarga mahalliy togʻlar va «Oʻzbekiston Niagarasi» deb nomlangan sharshara bilan bahraman bolish qoyil qolish imkonini beradi. Tepalikda kuzatuv maydonchasi, mehmon uylari, restoran, shuningdek, ot va tuya minish uchun joylar tashkil etiladi.

Avvalroq «Kursiv» rossiyalik investorlar Shahrisabzda tog’ kurorti qurishi haqida yozgan edi.

Shuningdek