Utair yozda Surgutdan Farg‘onaga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
eʼlon qilindi
Chipta narxi - 2,6 million so'mdan boshlanadi

Rossiyaning «Utair» aviatashuvchisi joriy yilning 6 iyunidan Surgutdan Farg‘onaga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.
«Utair – Passenger Airlines» kompaniyasi prezidenti Oleg Semenov Farg‘ona Markaziy Osiyodagi asosiy sayyohlik yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.
«Shuning uchun biz yozda Utairning bazaviy aeroporti bo’lgan Surgutdan u erga to’g’ridan-to’g’ri reyslarni boshlashga qaror qildik», dedi u.
Chiptalar narxi 19,5 ming rubl yoki 2,6 million so‘mdan boshlanadi. Parvozlar haftada bir marta – payshanba kunlari bo’ladi.
Avvalroq «Kursiv» Utair 30 apreldan boshlab Tyumendan Samarqandga parvozlarni boshlashi haqida yozgan edi.