Andijonda qiymati 42 mlrd soʻmlik loyihani olib bermoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Asaka tumanidagi yo‘l qurilishi uchun
Foto: Pavel Lisisin / RIA Novosti

Andijonda 42 milliard soʻmlik yoʻl qurilishi loyihasini tadbirkorga olib bermoqchi boʻlgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.

Ular yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, MCHJga Asaka tumanidagi «4R-112» avtomobil yoʻlining 4 km qismiga asfalt-beton qoplamasini yotqizish boʻyicha loyihani olib berish evaziga, loyiha uchun ajratiladigan 42 mlrd soʻmning 10 foizini (4,2 mlrd soʻm) berishini talab qilishadi.

Fuqarolar soʻralgan pul mablagʻ hisobidan $20 ming olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Avvalroq Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonda «Sement-beton qoplamali ichki yoʻllarni qurish» loyihasini amalga oshirish uchun $240 million ajratishi xabar qilingan edi.

Shuningdek