Yangiliklar

Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Samara viloyatida yuz bergan YTHda jabrlanganlarni borib koʻrdi

Bugungi kunda 18 nafar bemorning ahvoli o‘rtacha og‘ir
Foto: O‘zbekiston elchixonasi

Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov yoʻl-transport hodisasida jabrlangan vatandoshlarimizni koʻrish uchun Samara viloyatiga tashrif buyurdi.

Samara viloyati sogʻliqni saqlash vaziri Armen Benyanning soʻzlariga koʻra, YTHda jabrlanganlarning barchasiga hududdagi toʻrtta shifoxonada tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

Bugungi kunda 18 nafar bemorning ahvoli oʻrtacha, ikki nafarining ahvoli qoniqarli, yana ikki nafarining ahvoli ogʻirligicha qolmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 8-aprelga oʻtar kechasi ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan Chimkent-Nijniy Novgorod yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan avtobus ishtirokida YTH sodir boʻlgan edi.