Ogʻir atletika. Akbar Joʻrayev Jahon kubogiga sazovor boʻldi

eʼlon qilindi
Uchta yoʻnalishda oltin medalga sazovor boʻldi
Foto: O‘zbekiston Ogi‘r atletika federatsiyasi

Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Tailandning Pxuket shahrida oʻtayotgan Jahon kubogida dastlabki medallarini qoʻlga kiritdi.

Unda erkaklar oʻrtasida -109 kg vazn toifasida «A» guruh bahslarida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan Akbar Joʻrayev dast koʻtarishda 189 kg , siltab koʻtarishda 227 kg va ikkikurash natijasiga koʻra 416 kg natija bilan uchchala yoʻnalishda ham oltin medalga sazovor boʻldi.

Shuningdek, ushbu vazn toifasida ishtirok etgan yana bir vakilimiz Sharofiddin Amriddinov esa dast koʻtarishda 170 kg natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Avvalroq «Kursiv» Ruslan Nuriddinov ogʻir atletika boʻyicha 5-karra Osiyo chempioni boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek