
IQAir maʼlumotlariga koʻra, 11-aprel kuni Toshkent shahrida havoning ifloslanish darajasi JSST tavsiya qilgan meʼyordan 8,5 baravar ko‘proqqa oshgan.
Havo indeksi 118 ni tashkil qiladi. Soat 12:16 holatiga koʻra atmosferadagi PM2,5 zarrachalarining tarkibi 42,5 mkg/m3 ga yetgan. Bu inson salomatligi uchun zararli deb hisoblanmoqda.
Boshqa mayda zarralarning tarkibi – PM10 – 42,7 mkg / m3 ni tashkil etdi.
Eslatib oʻtamiz, 8-aprel kuni PM2,5 kontsentratsiyasi meʼyordan 1,5 baravarga oshgan edi.