Yangiliklar

Tyumen Savdo-sanoat palatasi Oʻzbekistonda vakolatxona ochdi

Bu haqda Rossiyaning Oʻzbekistondagi savdo vakolatxonasi xabar bermoqda
Foto: Unsplash

Tyumen viloyati Savdo-sanoat palatasi Oʻzbekistonda palata manfaatlarini ifodalovchi «SIBERIA WEAL» kompaniyasining ochilganini eʼlon qildi. Bu haqda Rossiyaning Oʻzbekistondagi savdo vakolatxonasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Tyumen viloyati Savdo-sanoat palatasi tomonidan Oʻzbekistonda tashkil etilgan “SIBERIA WEAL» kompaniyasi Tyumendagi korxonalar va Rossiyaning boshqa mintaqalaridagi kompaniyalarga Oʻzbekiston bozoriga kirish uchun barcha turdagi xizmatlarni taqdim etadi”, — deyiladi xabarda.

U yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtkazish, buxgalteriya hisobini yuritish, «Made in Uzbekistan» sertifikatini berish jarayonlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Shuningdek, potensial xorijiy hamkorlarni topishda yordam beradi.

Avvalroq Xitoyning Urumchi shahrida «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasining vakolatxonasi ochilishi haqida xabar berilgan edi.