Oʻzbekistonda 2024-yilning dastlabki uch oyida tibbiy tez yordam xizmatiga 686 ta yolgʻon murojaat kelib tushgan. Bu haqda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gʻofurov maʼlum qildi.
Taqqoslash uchun, 2023-yilning shu davrida bu koʻrsatkich 893 tani tashkil etgan edi.
Yolgʻon qoʻngʻiroqlar eng koʻp Buxoro viloyatida — 137 ta, Toshkent shahrida — 133 ta kelib tushgan. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidan 110 ta, Andijon viloyatidan 58 ta, Fargʻona viloyatidan 57 ta murojaat kelib tushgan. Eng kam yolgʻon qoʻngʻiroqlar Sirdaryo viloyatida qayd etilgan – atigi 1 ta.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston tez tibbiy yordam xizmati yana 30 dona yangi avtomashina olgani haqida xabar bergan edi.