Belarus respublikasi Markaziy Osiyo davlatlariga mart oyida 9,6 ming tonna, aprel oyi boshidan beri esa 8,4 ming tonna shakar eksport qilib, Rossiyaning eksportdagi oʻrini qisman egallamoqda, deya xabar beradi Sugar.ru portali.
Rossiya federatsiyasidan shakar eksportining taqiqlanishi va xomashyo yetkazib berishning qisqarishi kutilmoqda.
Oy boshidan buyon Oʻzbekistonga temir yoʻl orqali bor-yoʻgʻi 3,1 ming tonna Rossiya shakar xomashyosi olib kelingan. Taqqoslash uchun mart oyida rekord daraja 48,8 ming tonnaga yetgan edi.
Avvalroq Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi Rossiyaning shakar eksportiga taqiqi Oʻzbekistonga taʼsir qilmasligi haqida maʼlum qilgan edi.