Isroilda istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolaridan uylarini tark etmaslik soʻraldi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bu haqda O‘zbekiston elchixonasi bayonot berdi
                    
                            
Isroilda yashovchi Oʻzbekiston fuqarolaridan mintaqadagi xavfli vaziyat tufayli oʻz uylarini zarurat tugʻilmasa tark etmasliklari soʻraldi. Bu haqda Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi rasmiy bayonot berdi.
«Ushbu ziddiyatli kunlarda shaxsiy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin boʻlgan holatlarni oldini olish uchun zaruratsiz yashab turgan joyingizni tark etmaslikni tavsiya qilamiz», — deyiladi xabarda.
Avvalroq «Kursiv» aprel oyi boshida Isroil Eronning Suriyadagi elchixonasiga hujum qilgani haqida xabar bergan edi.
