Oʻzbekiston aholisining oʻrtacha yosh koʻrsatkichi maʼlum qilindi
eʼlon qilindi
Jins boʻyicha ayollar ustunroq
2023-yilda Oʻzbekiston respublikasi aholisining oʻrtacha yoshi 29 yoshni tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.
Jins boʻyicha:
erkaklar uchun – 28,3 yosh
ayollar uchun – 29,7 yosh oʻrtacha koʻrsatkich sifatida qayd etilgan.
Maʼlumot uchun, 2023-yilda Oʻzbekistonda doimiy aholining oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 74,7 yoshni tashkil etgan.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda erkaklar va ayollarning umumiy soni haqida xabar bergan edi.