Hukumat koʻmagi tufayli Oʻzbekistonda elektromobillar segmenti jadal surʼatlar bilan oʻsib bormoqda va 2024-yilning birinchi choragida umumiy avtomobil bozorining 10 foizini tashkil etdi. Bu haqda Autostat tahliliy agentligi ocus2move.com maʼlumotlariga tayanib xabar bermoqda.
Ushbu davrda avtomobillar impoti 89 938 donani tashkil etib, 26,8 foizga oʻsganini koʻrish mumkin.
«Elektromobil va boshqa avtomashinalarning import hajmi oshib bormoqda. Biroq Chevrolet ham bozordagi ulushini yoʻqotishiga qaramay, sotuvlar hajmini oshirmoqda», — deyiladi agentlik xabarida.
Avvalroq «Kursiv» yanvar oyida Oʻzbekistonga 1,6 mingta elektromobil import qilingani haqida xabar bergan edi.