Aripov Muzaffar Piskent tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aripov lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
Piskent tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Nodirbek Yakubov oʻz arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Maʼlumot uchun, Muzaffar Aripov 1985-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2010-yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2020-yil Oʻzbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Avvalroq «Kursiv» Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergan edi.