Yangiliklar

Toshkentga rossiyalik shifokorlar tashrif buyuradi

O‘zbekistonlik hamkasblar bilan sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish uchun
Foto: Unsplash

Rossiyalik shifokorlar Toshkentga tashrif buyurib, oʻzbekistonlik hamkasblari bilan uchrashuv oʻtkazadi. Bu haqda Rossiya federatsiyasining mamlakatimizdagi savdo vakolatxonasi xabar bermoqda.

Tadbir 17-aprel kuni «Oʻzekspomarkaz»ning bosh pavilyonida boʻlib oʻtadi. Marosimda «Volgogradda davolanish» loyihasining taqdimoti boʻlib oʻtadi. Shuningdek, bolalar salomatligi, ginekologiya va akusherlik, kosmetologiya, onkologiya, travmatologiya va ortopediya sohalari mutaxassislari maʼruza qilishi kutilmoqda.

Rossiya va oʻzbekistonlik mutaxassislar kasalliklarning oldini olish va tibbiy yordam koʻrsatish, sogʻlomlashtirish turizmini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.

Shuningdek, poytaxtda 16–18-aprel kunlari Oʻzbekistonda «Sogʻliqni saqlash – TIHE 2024» xalqaro tibbiyot koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Avvalroq «Kursiv» tibbiy teledasturlarning rossiyalik boshlovchisi Yelena Malisheva Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash aʼlochisi boʻlganligi haqida xabar bergan edi.