Dollar haftani kichik o’sish bilan yakunladi
eʼlon qilindi
Amerika valyutasi deyarli 3 so‘mga oshdi

13-aprel kuni O‘zbekiston valyuta birjalarida dollar kursi 2,77 so‘mga ko‘tarilib, 12 667 so‘mga yetdi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ham shunday kurs belgilagan.
13-aprel kuni respublika tijorat banklarining kassalarida dollar 12 600 – 12 640 so‘mdan sotib olinib, 12 675 – 12 730 so‘mdan sotilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» ekspertlarga dollar kursi nega tez o‘sayotgani va birinchi yarim yil oxiriga kelib xorijiy valyuta kursi qanday bo‘lishini so‘ragan edi.