Hyundai Rotem tezyurar poyezdi dizaynini yaratish uchun mutaxassislar qidirishmoqda
eʼlon qilindi
G‘olib 100 mln so‘mga ega bo‘ladi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi Hyundai Rotem tezyurar poyezdining tashqi ko‘rinishini yaratish uchun dizaynerlarni qidirmoqda, deya xabar berildi tashkilot saytida.
Tanlov natijalariga ko’ra g’olib aniqlanadi. U 100 mln so‘m oladi va dizaynerning bosh harflari ham poyezdda tasvirlanadi.
Ishtirok etish uchun ikkita dizayn variantini topshirish kerak bo‘ladi. Ishlarni 2024-yil 12-mayga qadar dizayn-nsr@uzrailway.uz elektron manziliga «Hyundai Rotem poezd dizayni tanlovi» mavzusi bilan yuborilishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasi O‘zbekistonga oltita tezyurar elektropoyezd yetkazib berish niyatida.