
«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi Hyundai Rotem tezyurar poyezdining tashqi ko‘rinishini yaratish uchun dizaynerlarni qidirmoqda, deya xabar berildi tashkilot saytida.
Tanlov natijalariga ko’ra g’olib aniqlanadi. U 100 mln so‘m oladi va dizaynerning bosh harflari ham poyezdda tasvirlanadi.
Ishtirok etish uchun ikkita dizayn variantini topshirish kerak bo‘ladi. Ishlarni 2024-yil 12-mayga qadar dizayn-nsr@uzrailway.uz elektron manziliga «Hyundai Rotem poezd dizayni tanlovi» mavzusi bilan yuborilishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasi O‘zbekistonga oltita tezyurar elektropoyezd yetkazib berish niyatida.