
Italiyalik modelyer Roberto Kavalli 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning nomidagi modalar uyi ma’lum qildi.
« Joying jannatda bo‘lsin, seni yo‘qliging bilinadi, seni yaxshi ko‘rishadi, sening isming boshqalar uchun, ayniqsa, men uchun ilhom keltiruvchi bo‘lib qoladi», deb yozgan kompaniyaning ijodiy direktori Fausto Pulisi.
Modelyer kompaniyani 1970-yillarda yaratgan. Brendni ishga tushirgandan so’ng, u terini bosib chiqarish jarayonini ixtiro qildi va patentladi. U hippi uslubidagi liboslari va qum bilan ishlov berilgan jinsi shimlari ham tanilgan.
E’slatib o‘tamiz, Roberto Kavalli brendi nafaqat moda olamida tanilgan. Uning nomi sharob ishlab chiqarishda ham qo’llaniladi.