Kristalina Georgieva XVJni yana besh yil boshqaradi
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) Ijroiya kengashi Kristalina Georgiyevani yana besh yilga boshqaruvchi direktor etib sayladi, deyiladi tashkilot saytida. U bu lavozimga yagona nomzod edi.
«Ushbu qarorni qabul qilishda Kengash Georgiyeva xonimga uning faoliyati davomida bir qator yirik global to‘ntarishlarni bartaraf etgani, kuchli va moslashuvchan rahbar bo‘lgani uchun yuqori baho berdi», — deyiladi bayonotda.
Kengash, shuningdek, Georgievaning makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka doimiy e’tibor qaratishini aytib o‘tdi. Shu bilan birga, XVJ o‘z a’zolarining ehtiyojlarini qondirish uchun moslashishda davom etmoqda.
Aytish joizki, bolgariyalik iqtisodchi Kristalina Georgieva 2019-yilda XVJga rahbarlik qilgan. Ilgari u Jahon bankida, shu jumladan vitse-prezident lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, u o‘tgan yilning iyun oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida Georgieva respublika yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi, unda dollarning kelajagi haqida so‘z yuritdi va O‘zRda suv inqirozining oldini olish bo‘yicha maslahatlar berdi.