Samarqand va Qashqadaryoni yomg‘ir tufayli suv bosdi

eʼlon qilindi
Bu haqida O‘zgidromet ogohlantirdi
Rasm: depositphotos.com

Kuchli yomg‘ir tufayli Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida suv toshqini kuzatilmoqda.

Samarqand viloyatining Nurobod va Qo‘shrabot tumanlarida, Qashqadaryoning Yakkabog‘ va Dehqonobod tumanlarida sel oqimi kuzatilmoqda.

Samarqandning ayrim ko‘chalari ham suv ostida qolgan.

Avvalroq O‘zgidromet 13—15-aprel kunlari kuchli yog‘ingarchilik tufayli tog‘ oldi hududlarida suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

Video: Telegram kanal O‘zbek_video

Avvalroq «Kursiv» FVV: O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlar soni 34%ga kamayganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek