Avstraliyaning Sidney shahrida savdo markaziga qilingan hujum olti kishining hayotiga zomin bo‘ldi, deb yozadi The Sydney Morning Herald.
Bond- Jankshendagi savdo markaziga tashrif buyurganlar evakuatsiya qilingan, voqea joyiga tez yordam mashinalari yetib kelgan.
Hodisa guvohlaridan biri The Sydney Morning Herald nashriga «odamlarni taqib qilayotgan xudi kiyib olgan pichoqli yigitni» ko‘rganini aytdi.
Olti nafar halok bo‘lganlardan tashqari yana sakkiz kishi jarohatlangan, ulardan biri og‘ir ahvolda, deya aniqlik kiritadi nashr.
Avvalroq «Kursiv» Kanzas-Siti’da noma’lum shaxslar sport paradida o‘t ochishgani haqida xabar bergan edi.