Eron Isroilga qarshi hujum tugaganini e’lon qildi

eʼlon qilindi
Harbiy operatsiya "Va'da bajarildi" deb nomlandi
Foto: ImgHub

Eron Isroilga qarshi harbiy amaliyotini yakunladi, dedi respublika Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Muhammad Bag‘iriy. Uning bayonotini TASS nashri e’lon qildi.

Bag‘irining qayd etishicha, agar kerak bo‘lsa, Eron armiyasi yana kuch ishlatishga tayyor. Shuningdek, u Isroilga hujum muvaffaqiyatli o‘tganini ta’kidladi. Harbiy operatsiya «Va’da bajarildi» deb nomlandi.

Bag‘iriyning so‘zlariga ko‘ra, hujumga Isroil «qizil chiziqni kesib o‘tgani» sabab bo‘lgan, Eron buni javobsiz qoldira olmagan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi boshida Isroil Eronning Suriyadagi elchixonasiga hujum qilgan edi. Havo hujumi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarini ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirganini yozgan edi.

Shuningdek