Apple endi eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchisi emas
2024-yilning birinchi choragida Apple smartfonlarini yetkazib berish taxminan 10 foizga qisqardi. Bu Amerika kompaniyasiga eng yirik gadjetlar ishlab chiqaruvchilari orasida birinchi o‘rinni yo‘qotishga olib keldi, deb xabar berdi Reuters.
Yanvardan martgacha dunyoda smartfon yetkazib berishning umumiy hajmi 289,4 million donaga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,8 foizga ko‘pdir. Apple kompaniyasining ulushi 17,3 foizni tashkil etdi.
Hozirda Samsung yetkazib berish hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab turibdi (umumiy hajmning 20,8 foizi). Uchinchi o‘rinni Xiaomi (14,1 foiz) egalladi.
Jurnalistlarning fikricha, smartfon bozorida raqobat kuchaymoqda, Android operatsion tizimiga ega qurilmalar tobora ommalashib bormoqda.
Avvalroq «Kursiv» Apple kompaniyasi elektromobil ishlab chiqarishni istamasligini yozgan edi.