Dushanba kuni UzAirways Tel-Avivga uchmaydi

eʼlon qilindi
Yaqin Sharqdagi mojaro kuchayishi tufayli
Rasm: UzAirways

15-aprel, dushanba kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Yaqin Sharqdagi vaziyat yomonlashgani sababli Toshkentdan Isroilning Tel-Aviv shahriga va Tel-Avivdan Toshkentga yo‘nalishi bo‘yicha HY301/302 reysini bekor qildi, deb xabar beradi aviakompaniyaning Telegram kanali.

Kompaniya reys yo‘lovchilaridan chiptalarni qayta bron qilish yoki pulni qaytarish uchun Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining xorijiy vakolatxonalariga murojaat qilishni so‘radi.

Aviatashuvchi yoʻlovchilardan uzr soʻradi va kompaniya ularning xavfsizligini hamma narsadan ustun qoʻyishini taʼkidladi.

«Kursiv» bir kun avval Eron Isroilga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazgani haqida yozgan edi.

Shuningdek