Yangiliklar

Markaziy Osiyoda eng koʻp jinoyat qayerda sodir bo‘ladi

Numbeo reytingi bo‘yicha
Rasm: stevanovicigor/Depositphotos

Numbeo’ning 2024-yilgi jinoyatlar reytingiga ko‘ra, O‘zbekistonda jinoyatchilik darajasi Qirg‘iziston va Qozog‘istondan ancha past deb baholangan.

O‘zbekiston 30,5 ball to‘plagan holda reytingda 118-o‘rinni egalladi. Qozog‘iston 75-o‘rinda (45,9), Qirg‘iziston 41-o‘rinda (54) MDH davlatlari reytingida yetakchilik qilmoqda.

20 dan pastroq indeks juda past, 20 dan 40 gacha past, 40 dan 60 gacha o’rtacha, 60 dan 80 gacha bo’lsa yuqori, 80 dan yuqori esa juda yuqori deb hisoblanadi.

2024-yilda dunyodagi eng kriminallashgan davlatlar Venesuela, Papua-Yangi Gvineya va Afg‘oniston, eng xavfsizlari esa Andorra, BAA va Qatar bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlari kriminal avtoritetlarni ommaviy hibsga olishgan edi. Shu jumladan Salim «Salimboy» Abduvaliev, Baxtiyor «Baxti Tashkentskiy» Qudratullayev, Saidaziz «Medgorodok» Saidaliev qo’lga olinishgan edi.