Nukusdan Istanbulga parvoz qilish mumkin bo‘ladi

eʼlon qilindi
Shaharlar o‘rtasidagi reyslar 17-iyundan boshlanadi
Rasm: Turizm qo‘mitasi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi iyun oyi o‘rtalaridan Nukusdan Istanbulga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi.

Parvozlar 17-iyundan boshlab Airbus 320 neo samolyotida haftada bir marta – dushanba kunlari amalga oshiriladi. Ekonom-klassdagi chiptalar narxi 2,4 mln so‘mdan boshlanadi.

Nukus va Istanbul oʻrtasida aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish tashabbusi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tegishli.

Avvalroq «Kursiv» Qanot Sharq aviatashuvchisi Toshkentdan Seulga parvozlarni yo‘lga qo‘yish niyatida ekanini yozgan edi.

Shuningdek