O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda. Bu haqdagi bayonot Tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilingan.
O‘zbekiston barcha tomonlarni bosiqlikka, harbiy harakatlardan tiyilishga, shuningdek, mojaroni tezroq siyosiy yo‘lga qo‘yish uchun barcha choralarni ko‘rishga chaqirdi.
Respublika TIV ushbu mintaqada keskinlikning yanada kuchayishi jiddiy oqibatlarga olib kelishi va keng ko‘lamli harbiy qarama-qarshilikka olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi.
14-aprel kuni Eron Isroilga raketa va dronlar bilan hujum qilgan edi. Eronning fikricha, Isroil «qizil chiziqlar»ni kesib o’tgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronning Suriyadagi elchixonasi hujumga uchragan edi.