Toshkentdagi sobiq avtobaza 105 mlrd so‘mga sotiladi
eʼlon qilindi
Tender g'olibi Evro Tires Universal bo'ldi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan sobiq avtobaza 105 mlrd so‘m evaziga sotildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.
Kim oshdi savdosi E-auksion elektron platformasida bo‘lib o‘tdi va auksionda yetti nafar talabgorlar ishtirok etishdi. G‘olib Evro Tyres Universal bo‘ldi, u avtobaza uchun eng yuqori narxni taklif qildi.
Davlat komissiyasi mazkur obyektni xususiylashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan savdolar natijalarini tasdiqladi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston rasmiylari 2025-yil oxirigacha strategik xorijiy investorlarga uchta bankni sotishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.