Xorijda ishlayotgan oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining soni maʼlum qilindi
2010–2014-yillarda mavsumga qarab xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini olib borgan oʻzbekistonliklarning soni 3-4 millionni tashkil qilgan boʻlsa, soʻnggi yillarda bu koʻrsatkich 2-3 millionni tashkil qilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi Strategik rejalashtirish va yigʻma tahlil boʻlimi boshligʻi Azim Axmatov maʼlum qildi.
Oʻzbekiston fuqarolarining asosiy qismi viza rejimi joriy qilinmagan Rossiya, Turkiya, Qozogʻiston davlatlarida mehnat faoliyatlarini olib bormoqda.
Shuningdek, bugungi kunda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 30 dan ortiq mamlakat bilan hamkorliklarni yoʻlga qoʻyilgan. Ularning 28 tasi bilan 160 mingga yaqin ish oʻrinlari haqida kelishilib, agentlikning sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifari orqali eʼlon qilib kelmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Rossiya federatsiyasida eng koʻp mehnat migrantlari Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari ekanligi haqida xabar bergan edi.