Bir kvadrat metr yer maydoniga qancha odam soni to‘g‘ri keladi
eʼlon qilindi
Statistika agentligi hisobotiga ko‘ra

OʻzR Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 1 kv. km. yerda oʻrtacha 82 nafar doimiy aholi istiqomat qiladi.
Yil davomida respublikada aholining zichligi 1 kvadrat metrga qariyb 2 kishiga oshdi.
Respublikada jami 36,8 mln kishi doimiy istiqomat qiladi, shundan 18,8 millioni shaharlarda, 18 millioni qishloq joylarda istiqomat qiladi.
Avvalroq «Kursiv» 2023-yil oxirida respublikaning eng zich joylashgan hududlari Samarqand va Farg‘ona viloyatlari ekanligini yozgan edi.