
O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida 16-aprel kuni dollar kursi 17,27 so‘mga o‘sdi va 12 671,84 so‘mni tashkil qildi. Respublika Markaziy banki ham shunday kurs belgiladi.
Tijorat banklarida 16-aprel kuni kassalarda dollarni xarid qilish kursi 12 590 – 12 640 so‘mni tashkil qilmoqda. Banklar chet el valyutasini 12 660 – 12 720 so‘mdan sotmoqda.
Avvalroq «Kursiv» dollar haftani kichik o’sish bilan yakunlagani haqida xabar bergan edi.